Cho‘lponotada O‘zbekiston va Pokiston TIV rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Iyul 24, 2026. 19:58 • 2 daq
• 40
TOSHKENT, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Cho‘lpon-Ota shahrida Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dar janoblari bilan uchrashishdan doim mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston–Pokiston strategik sherikligining yangi surʼatini amaliy natijalar bilan boyitish borasidagi navbatdagi qadamlarni belgilab oldik. O‘zaro savdoni ko‘paytirish, transport bog‘liqligini kuchaytirish va hududlararo aloqalarni kengaytirish uchun birgalikda ishga solishimiz mumkin bo‘lgan ulkan salohiyat mavjud.
Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi yaqin hamkorligimizni yana-da mustahkamlash muhimligi taʼkidlandi”.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi