Cho‘lponotada O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari dolzarb masalalarni muhokama qildi

Iyul 24, 2026. 18:00 • 2 daq

88
Cho‘lponotada O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari dolzarb masalalarni muhokama qildi
“Dunyo” AA surati

TOSHKENT, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Cho‘lponota shahrida Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi yuksak darajasi alohida qayd etildi. Davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi yaqin va ishonchli muloqot barcha yo‘nalishlardagi hamkorligimizni izchil rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratmoqda.

Ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilib, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligini taʼkidlandi.

Shuningdek, SHHT doirasidagi hamkorligimiz hamda dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdik”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish