O‘zbekiston va Pokiston tashqi siyosat idoralari rahbarlarining telefon orqali muloqoti bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlandi
Yanvar 12, 2026. 18:39 • 43 soniya
• 164
TOSHKENT, 12-yanvar. /“Dunyo" AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Pokiston tashqi ishlar vaziri Muhammad Isʼhoq Dar o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Pokiston Islom Respublikasi Senatori, Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Muhammad Isʼhoq Dar janoblari bilan samarali telefon muloqoti o‘tkazdik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram-kanalida. - Suhbatimiz bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish, ularning mazmunli kun tartibi va kutilayotgan natijalarga bag‘ishlandi. Strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash va yaqin kelajakda amaliy hamkorlikni kengaytirish ustuvor vazifamiz ekanligini taʼkidladik.
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlardagi ijobiy o‘zgarishlarni eʼtirof etib, muloqotimiz zamirida o‘zaro ishonch va umumiy anglashuvning mustahkam asosini qayd etdik”.
“Dunyo” AA arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi