O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari Kuvayt importchilari bilan muzokara o‘tkazdi
May 13, 2026. 12:25 • 2 daq
• 50AL-KUVAYT, 13-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari hamda Kuvayt Savdo-sanoat palatasi hamkorligida “Virtual oziq-ovqat biznesi tarmog‘i” (“Virtual Food Business Networking”) forumi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Yaqin Sharqdagi qaltis vaziyat hamda havo va quruqlik transporti qatnovidagi cheklovlar sababli tadbir onlayn shaklda o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi, mamlakatimiz oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, Quvayt Savdo-sanoat palatasi boshchiligidagi importchilar ishtirok etdi.
Forum davomida o‘zbekistonlik eksportchilar o‘z mahsulotlarining keng turini, jumladan, qandolat va shirinliklar, ho‘l va quritilgan meva-sabzavotlar, ziravorlar, muzqaymoq, mineral suv va boshqa oziq-ovqat sanoati tovarlarini taqdim etdi.
Quvaytning “Arabian Beverage Company” va “Updated Development” kompaniyalari “Sabe Ice Cream”, “Zarqand” va “Chortoq” MCHJ kabi o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga alohida qiziqish bildirdi.
Muloqot davomida tadbirkorlar va importchilar o‘rtasida savol-javob sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlikning amaliy jihatlari, O‘zbekiston mahsulotlarini Yaqin Sharq mamlakatlari bozoriga yetkazib berish hajmini kengaytirish imkoniyatlari, jumladan, mavjud transport yo‘laklarini tahlil qilish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar bunday onlayn muloqot shakllarini muntazam ravishda o‘tkazib turishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Maskatda o‘zbek mahsulotlarini O‘mon bozoriga chiqarish masalasi muhokama qilindi






