Logo

20-dekabr kuni Toshkentda “Science and Innovation Awards – 2025” mukofotlash marosimi o‘tkaziladi

Dekabr 19, 2025. 20:32 • 2 daq

48
20-dekabr kuni Toshkentda “Science and Innovation Awards – 2025” mukofotlash marosimi o‘tkaziladi

TOSHKENT, 19-dekabr. /“Dunyo” AA/. 20 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Turkiston” sanʼat saroyida yurtimiz ilm-fan hayotidagi eng muhim va nufuzli tadbirlardan biri – “Science and Innovation Awards – 2025” mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimiz ilm-fan hayotidagi eng muhim, eng nufuzli tadbirlardan biri – Science and Innovation Awards” mukofotlash marosimi anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu ulkan ilmiy bayram “Science and Innovation Awards” xalqaro ilmiy jurnali jamoasi tashabbusi bilan tashkil etilib, yil davomida ilm-fan va innovatsiyalar rivojiga munosib hissa qo‘shgan eng ilg‘or olimlar va tashkilotlarni eʼtirof etishga qaratilgan.

Mazkur tadbir “Apex Insurance” kompaniyasi homiyligida tashkil etiladi. Marosimda quyidagi 10 ta nufuzli nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, tantanali ravishda taqdirlanadi:

1. Yil olimi

2. Yilning eng yaxshi oliy taʼlim muassasasi

3. Yilning eng yaxshi nodavlat oliy taʼlim muassasasi

4. Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqot instituti

5. Yilning eng yaxshi ilmiy nashri

6. Yilning eng innovatsion universiteti

7. Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun

8. Yilning eng yaxshi tadqiqot markazi

9. Ilm-fan homiysi

10. Yil olimasi

“Science and Innovation Awards – 2025” tadbirida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, akademiklar, professor-olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda ilm-fan jamoatchiligi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Tadbir dasturida       ilm-fan va taʼlim muassasalari ko‘rgazmalari, maxsus konsert dasturi, “O‘zbekistonning taniqli olimlari – 2025” hamda “Mening muvaffaqiyat yo‘lim” biografik ensiklopediyalari taqdimoti o‘tkazilishi belgilangan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish