Turkistonda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti boshlandi
May 15, 2026. 17:00 • 1 daq
• 11TOSHKENT, 15-may. /“Dunyo” AA/. Turkiston shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Kongress markazida O‘zbekiston yetakchisini Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev samimiy kutib oldi.
Delegatsiyalar rahbarlari birgalikda suratga tushdilar.
Yig‘ilish boshlanishidan avval yetakchilar Turkiy sivilizatsiya markazi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.
Qozog‘iston tashabbusi bilan barpo etiladigan ushbu majmua turkiy xalqlarning mushtarak ildizlari, boy tarixiy-madaniy merosi va sivilizatsiyalar birligini namoyon etishga xizmat qiladi. Loyiha turkiy dunyo mamlakatlari o‘rtasida ilmiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish, maʼnaviy yaqinlikni mustahkamlash, umumiy qadriyat va anʼanalarni keng targ‘ib etishga qaratilgan.
Shundan so‘ng yetakchilarga Qozog‘istonning raqamli yechimlari hamda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlarning IT va sunʼiy intellekt sohasidagi qo‘shma tashabbuslari taqdimot qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar






