O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar
May 15, 2026. 14:30 • 2 daq
• 30
TOSHKENT, 15-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida O‘zbekiston Prezidentining joriy yil yanvar oyida Anqaraga rasmiy tashrifi O‘zbekiston–Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yangi, yana-da yuqori bosqichga olib chiqqani taʼkidlandi.
Oliy darajada erishilgan muhim kelishuvlar ijrosi yuzasidan faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani, vazirlik va idoralar o‘rtasida yangicha tizim yaratilgani natijasida ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari samarali rivojlanayotgani qayd etildi.
Joriy yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar, mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlarning soni jadal o‘sib bormoqda. Turk kompaniyalari ishtirokida salmoqli loyihalar portfeli shakllantirilib, ishlar izchil amalga oshirilyapti.
O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari xalqaro hamda mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




