AQSh Eronga qarshi tarixdagi eng yirik sanksiyalar paketini tayyorlanayotganini eʼlon qildi

Avgust 21, 2026. 16:30 • 2 daq

121
AQSh Eronga qarshi tarixdagi eng yirik sanksiyalar paketini tayyorlanayotganini eʼlon qildi

VASHINGTON–TEHRON, 21-avgust. /“Dunyo” AA/. AQSh Eronga qarshi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda va moliya vaziri Skott Bessentning fikricha, bu tarixda eng yirigi sanksiya bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Reuters” agentligiga tayanib.

Amerika tomoni yangi choralar tafsilotlarini 24-avgust kuni taqdim etish niyatida. Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiy tazyiqning kuchaytirilishi keng ko‘lamli harbiy amaliyotlarni qayta boshlash zaruratini kamaytirishi mumkin. U, shuningdek, Vashington Eron hukumatiga iqtisodiy bosim o‘tkazish va uni yakkalab qo‘yishga erishmoqchi ekanini maʼlum qildi.

Bundan bir kun avval AQSh Prezidenti Donald Tramp ham Eronga qarshi misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush bo‘lishidan ogohlantirgan edi. U Tehronga har qanday ko‘mak ko‘rsatadigan mamlakatlar, moliya institutlari, kompaniyalar va davlat tuzilmalari jiddiy iqtisodiy oqibatlarga duch kelishini taʼkidladi.

Eron Amerikaning bu choralarini qoralab, sanksiyalarni “iqtisodiy terrorizm” deb atadi. Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibof Tehron sanksiyalar bosimiga qarshi turishga tayyorlanishi va boshqa davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashi lozimligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Eron o‘rtasida erishilgan kelishuv Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kemalar qatnovini tiklashni, sanksiyalarni bekor qilish va Eron aktivlarini muzlatishdan chiqarish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni ko‘zda tutgan edi. Biroq, belgilangan muddat o‘tib ketdi va muzokaralar jarayoni amalda boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.

“Reuters” agentligi surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish