Logo

12–14-may kunlari Toshkentda O‘zbekiston energetika haftaligi – UEW 2026 o‘tkaziladi

May 07, 2026. 09:25 • 3 daq

244
12–14-may kunlari Toshkentda O‘zbekiston energetika haftaligi – UEW 2026 o‘tkaziladi

TOSHKENT, 7-may. /“Dunyo” AA/. Shu yil 12–14-may kunlari CAEx Uzbekistan xalqaro ko‘rgazma markazida mamlakat yoqilg‘i-energetika kompleksining eng muhim ko‘rgazma-konferensiya tadbirlaridan biri – O‘zbekiston energetika haftaligi – UEW 2026 bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Xalqaro energetika haftaligi UEW O‘zbekiston Energetika vazirligi va “O‘zbekneftegaz” AJning anʼanaviy ko‘magida o‘tkaziladigan muhim yillik xalqaro tadbirdir. Unda yetakchi ekspertlar, novatorlar va soha yetakchilari, davlat organlari va xalqaro biznes vakillari strategik kun tartibini shakllantirish, uzoq muddatli rivojlanish ustuvorliklarini aniqlash va ilg‘or energetika yechimlarini joriy etishni tezlashtirish maqsadida ishtirok etadi.

Keng qamrovli UEW 2026 dasturi “Yangi energetika: Innovatsiyalar. Barqarorlik. Mintaqaviy hamkorlik” shiori ostida rejalashtirilgan bo‘lib, yoqilg‘i-energetika kompleksining ikkita asosiy tarkibiy qismi – uglevodorodlar qazib olish va elektr energetika bo‘yicha bir qator soha ko‘rgazmalari va anjumanlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu tadbirlar sohani rivojlantirish kun tartibi va mintaqaviy muloqotni belgilashda strategik ahamiyatga egadir.

UEW 2026 dasturiga quyidagi muhim soha tadbirlari kiradi:

·    O‘zbekiston Xalqaro energetika forumi

·    28-Xalqaro "O‘zbekiston neft va gazi" anjumani

·    6-Xalqaro energetika anjumani

·    OGU 2026 – 28-Xalqaro O‘zbekiston neft va gazi ko‘rgazmasi

·    Power Uzbekistan 2026 – 19-Xalqaro energetika, energiya tejash, yadro energetikasi va muqobil energiya manbalari ko‘rgazmasi

·    GETCA 2026 – Markaziy Osiyoning yashil energiya tejovchi texnologiyalari ixtisoslashtirilgan bo‘limi

Uch kun davomida yoqilg‘i-energetika sohasining barcha segmentlaridan yetakchi kompaniyalar zamonaviy texnologik yechimlar va soha yutuqlarini taqdim etadi.

O‘zbekiston energetika haftaligida quyidagi 31 mamlakatdan 537 ta kompaniya va brend, 125 ta spiker va 1000 dan ortiq delegat ishtirok etadi: AQSH, Avstriya, BAA, Belarus, Belgiya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Daniya, Fransiya, Germaniya, Gruziya, Iordaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Marokash, Misr, Niderlandiya, Norvegiya, Ozarbayjon, Polsha, Qatar, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Xitoy, Yaponiya, O‘zbekiston, Shveysariya.

Belarus, Germaniya, Xitoy va Turkiya kompaniyalari milliy pavilyon formatida ishtirok etadi. Italiya, Koreya Respublikasi va Rossiya jamoaviy stendlarda o‘z mahsulotlari va texnologiyalarini namoyish qiladi.

Uzbekistan Energy Week xorijiy investorlar va texnologiya kompaniyalarining O‘zbekiston energetika bozoriga doimiy qiziqishini namoyish qiladi. Barqaror rivojlanish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan ushbu tadbir Markaziy Osiyodagi asosiy energiya platformasi sifatidagi mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda.

Tashkilotchilar – Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkorlari ICA Eurasia Group hamda Congresss of Central Asia – CCA.

Mintaqaning energetika sektorining kelajagi qanday shakllanayotganini bilib oling va onlayn-beydjingizni oldindan oling:

Uzbekistan Energy Forum – https://energyforum.uz/uz/posetitx-vstavku

OGU 2026 – https://oilgas.uz/ru/posetitx-vstavku

Power Uzbekistan 2026 – https://power-uzbekistan.uz/ru/posetitx-vstavku

Murojaat uchun telefon: 71 205-14-14.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish