Logo

13–15-may kunlari Toshkentda “TextileExpo Uzbekistan” to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

May 06, 2026. 15:55 • 2 daq

156
13–15-may kunlari Toshkentda “TextileExpo Uzbekistan” to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

TOSHKENT, 6-may. /“Dunyo” AA/. 2026-yil 13–15-may kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasida 26-Xalqaro to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati ko‘rgazmasi – “TextileExpo Uzbekistan 2026” o‘z ekspozitsiyalarini namoyish qilishni boshlaydi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TextileExpo Uzbekistan – Markaziy Osiyodagi to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatining eng yirik B2B platformasi bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va professional xaridorlarni birlashtiradi.

Bu yerda xaridorlar ishonchli hamkorlar, dolzarb tendensiyalar va hamkorlikning qulay shartlarini, soha vakillari esa ishlab chiqarishni rivojlantirish va optimallashtirish uchun kompleks yechimlarni topadi. Tashrif buyuruvchilar takliflarni taqqoslashi, mahsulot sifatini baholashi va ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borishi mumkin.

Tashkilotchilar maʼlumotlariga ko‘ra, 7 mamlakatdan 150 dan ortiq ishonchli yetkazib beruvchilar – “Zelal Tekstil”, “Terry Jar”, “SAMO”, “Osborn Textile”, “Elegant Garment”, “Virtus Tricot”, “Sulton Tex”, “Urganch Bahmal”, “Mergantex”, “Daka Tex”, “Aksarteks”, “Mogoteks”, “YKK” va boshqa kompaniyalar ishtirok etadi. Xitoy kompaniyalari ham faol qatnashadi.

Ekspozitsiya anʼanaviy ravishda ishlab chiqarish siklining barcha bosqichlarini – xomashyodan tortib tayyor mahsulot va aksessuarlargacha qamrab oladi. Tashrif buyuruvchilar eʼtiboriga ip-kalava, mato, trikotaj, furnitura va aksessuarlar, tayyor kiyim-kechak, texnik va maishiy to‘qimachilik, paypoq mahsulotlari, to‘qimachilik sanoati uchun kimyoviy moddalar va bo‘yoqlar taqdim etiladi.

Tashkilotchilarning maʼlumotlariga ko‘ra, “TextileExpo Uzbekistan” ko‘rgazmasining o‘ziga xos qismi bo‘lgan anʼanaviy Bayer dasturi – aniq biznes natijalariga erishishga qaratilgan platforma: maqsadli B2B uchrashuvlarini o‘tkazish, uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va shartnomalar tuzish rejalashtirilgan. Mahalliy kompaniyalar uchun bu xalqaro bozorlarga chiqish va eksportni kengaytirishning samarali kanali hisoblanadi. Xaridorlar uchun ko‘rgazmada vaqtdan unumli foydalanish va asosiy yetkazib beruvchilarga ustuvor kirish imkonini beruvchi eksklyuziv ishtirok shartlari mavjud.

Xaridorlar uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: https://textileexpo.uz/ru/buyer_registration

Ko‘rgazmaga shaxsiy nishon olish uchun https://bit.ly/TE_ru_reg  saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Ko‘rgazma tashkilotchisi: “Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori “ICA Eurasia Group”.

Qo‘shimcha maʼlumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:

Tel: + (998 71) 205-14-14.

E-mail: textileexpo@iteca.uz;www.textileexpo.uz.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish