Qozog‘istonda maktablarda telefondan foydalanishga cheklov joriy etilmoqda

Sentabr 29, 2026. 20:55 • 2 daq

• 176
Qozog‘istonda maktablarda telefondan foydalanishga cheklov joriy etilmoqda

OSTONA, 29-sentabr. /“Dunyo” AA/. Qozog‘iston Ta’limvazirligi o‘quvchilarning dars vaqtida mobil telefonlardan foydalanishi bo‘yicha 9-oktyabrdan kuchga kiradigan yangi qoidalar qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Kazinform” xalqaro axborot agentligiga tayanib.

Hujjatga ko‘ra, maktab o‘quvchilari dars boshlanishidan oldin telefonni ovozsiz rejimga o‘tkazishi yoki o‘chirishi kerak. Dars paytida qurilmadan faqat o‘qituvchining ko‘rsatmasiga binoan topshiriqni bajarish uchun, hayot va sog‘liqqa xavf tug‘ilganda yoki tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra foydalanish mumkin.

Agar telefondan o‘quv maqsadlarida foydalanilsa, pedagog oldindan topshiriq, qurilma bilan ishlash tartibi va davomiyligini belgilaydi. Foto, audio va videoyozuvga faqat o‘qituvchining ko‘rsatmasiga binoan hamda shaxsga doir ma’lumotlar va shaxsiy hayotni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etgan holda yo‘l qo‘yiladi.

Maktablar telefonlarni saqlash uchun maxsus joylar tashkil etishi mumkin. O‘quv jarayoni davomida ota-onalar va o‘quvchilar o‘rtasida shoshilinch ma’lumotlarni uzatish tartibini belgilashga majbur.

Yangi talablar mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, o‘rta ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish