TIVda Avstriya elchixonasining savdo maslahatchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Fevral 23, 2026. 18:30 • 29 soniya
• 106
TOSHKENT, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Avstriya elchixonasining savdo bo‘yicha maslahatchisi Rudolf Lukavskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilgan.
Muloqotda tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning ijobiy dinamikasini qayd etgan. Taʼlim, sog‘liqni saqlash va turizm sohalarida hamkorlikni yana-da rivojlantirishga o‘zaro qiziqish bildirgan.
Bo‘lajak qo‘shma tashriflar va turli darajadagi tadbirlar rejasiga alohida eʼtibor qaratildi.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
