Madriddan munosabat: O‘zbekiston jahondagi o‘z mavqeini ishonch bilan yuksaltirib bormoqda
Sentabr 03, 2026. 08:10 • 2 daq
• 161
MADRID, 3-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Panevropa ittifoqining Ispaniyadagi prezidenti, professor Karlos Uriarte Sanches “Dunyo” AAga O‘zbekiston Prezidentining 31-avgust – 1-sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidagi ishtiroki yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi:
– Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi ShHT sammiti doirasida o‘tkazgan uchrashuvlari yetakchi davlatlar va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak ishonchi va hurmatini namoyon etdi.
XXR Raisi Si Szinpin, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, AQSh Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif va boshqa yetakchilar bilan o‘tkazilgan muzokaralar buning yorqin dalilidir.
O‘zbekistonning nafaqat siyosiy muloqotni rivojlantirish, balki iqtisodiyot, investitsiya, transport, energetika, taʼlim va madaniyat sohalaridagi loyihalarni ilgari surayotgani muhim ahamiyatga ega. Bu mamlakatning xalqaro munosabatlarni rivojlantirish va yangi imkoniyatlarni jalb etishga amaliy yondashayotganidan dalolat beradi.
Xitoy bilan munosabatlarni alohida qayd etish lozim. Tovar ayirboshlash hajmining ortishi, yirik sarmoyaviy loyihalar, “BYD” kompaniyasi bilan hamkorlik, “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘lining qurilishi – bularning barchasi mamlakat iqtisodiyoti uchun yangi istiqbollar ochmoqda. Davlatning o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yib, ularga erishish yo‘lida izchil harakat qilayotgani juda muhim.
BMT, AQSh va Pokiston bilan hamkorlikning mustahkamlanayotgani ham eʼtiborga molik. Shavkat Mirziyoyevning faol diplomatiyasi tufayli O‘zbekiston xalqaro maydonda o‘z o‘rnini tobora ishonchli egallab, o‘zaro hurmat, ishonch va manfaatdorlik asosidagi munosabatlarni rivojlantirmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonning tashqi siyosati nafaqat mamlakat nufuzini mustahkamlashga, balki taʼlim, yangi texnologiyalar, sarmoyalar, transport va xalqaro hamkorlik orqali kelajak avlod uchun real imkoniyatlar yaratishga ham qaratilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning bunday faol va ochiq diplomatiyasi O‘zbekistonning yana-da rivojlanishi va ravnaq topishida muhim omil bo‘lib xizmat qilishiga ishonchim komil.
O‘zbekistonning jahondagi o‘z mavqeini ishonch bilan mustahkamlab, xalqaro maydonda tobora ko‘zga ko‘ringan va hurmatga sazovor mamlakatga aylanib borayotgani alohida eʼtirofga loyiq.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi