Dushanbedan munosabat: Hindiston Bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi — tektonik siljish ifodasidir

Sentabr 01, 2026. 11:30 • 2 daq

98
Dushanbedan munosabat: Hindiston Bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi — tektonik siljish ifodasidir

DUSHANBE, 1-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Falsafa, siyosatshunoslik va huquq instituti ilmiy xodimi Viktor Kim Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining 29–30-avgust kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlarini “Dunyo” AA uchun sharhladi:

— Narendra Modining O‘zbekistonga davlat tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazgan muzokaralari anʼanaviy protokol doirasidan ancha chetga chiqadi. Bugungi kunda Markaziy Osiyo tranzit va texnologik sheriklik sohasida o‘z kun tartibini shakllantirayotgan mustaqil mintaqaviy subyekt sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Tashrifning O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida bo‘lib o‘tgani alohida ramziy maʼnoga ega. Bosh vazirning Bishkekdagi SHHT sammiti oldidan aynan Toshkentni yagona va asosiy davlat tashrifi manzili sifatida tanlagani O‘zbekistonning ortib borayotgan mintaqaviy mavqeini yaqqol ko‘rsatadi.

2021-yilda O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligi konsepsiyasi mintaqalararo savdoni rivojlantirishning pragmatik rejasi hisoblanadi. O‘zbekiston Xitoyni Kaspiy, Qora dengiz mintaqasi va Yevropa bilan bog‘laydigan “Sharq – G‘arb” yo‘nalishlarini, shuningdek, shimoliy yo‘nalishni izchil rivojlantirmoqda. Ushbu kontekstda Hindiston bilan aloqalarni kengaytirish janubiy yo‘nalish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi.

Hindiston bilan strategik sheriklik O‘zbekistonning mintaqadagi tranzit, ishlab chiqarish va moliyaviy markaz sifatidagi rolini mustahkamlaydi. Shu bilan birga, ikki mamlakatning “O‘zbekiston – 2030” va “Viksit Bharat 2047” strategiyalari sanoatlashtirish, raqamlashtirish va investitsiyalar sohasidagi hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Uzoq muddatli istiqbolda O‘zbekiston-Hindiston oliy darajadagi sammiti yakunlari Markaziy Osiyoning mustaqil manfaatlar qutbi sifatida mustahkamlanishiga hamda O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari yana-da diversifikatsiya qilinishiga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish