Germaniyadan munosabat: O‘zbekiston maʼrifat, tinchlik va diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini ilgari surmoqda
Iyul 27, 2026. 14:31 • 2 daq
• 53
BERLIN, 27-iyul. /“Dunyo” AA/. Germaniyalik islomshunos olima, “Cultur-Cooperation International e.V.” tashkiloti rahbari Ketlin Gyobel I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumidagi ishtiroki bo‘yicha taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Olimaning taʼkidlashicha, dunyoning 50 ta mamlakatidan kelgan yetakchi olimlar, ekspertlar va jamoat arboblarini birlashtirgan ushbu nufuzli anjuman turli davlatlar va ilmiy maktablar vakillari uchun o‘zaro hurmat, ochiq muloqot va hamjihatlik maydoniga aylandi.
Germaniyalik mutaxassis O‘zbekistonning boy ilmiy-maʼrifiy merosiga yuqori baho berib, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy kabi buyuk allomalarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini alohida eʼtirof etdi.
Xususan, Imom Buxoriy majmuasida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, zamonaviy muzey va sunʼiy intellekt texnologiyalarining joriy etilgani unda katta taassurot qoldirgan.
Ketlin Gyobel O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan “Jaholatga qarshi — maʼrifat” ezgu g‘oyasining ahamiyatini alohida taʼkidladi.
Uning fikricha, Toshkentda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat milliy, balki butun mintaqa va xalqaro hamjamiyat uchun ochiq bo‘lgan, islomofobiya va adovatga qarshi bilim va maʼrifat bilan kurashadigan noyob platformadir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi