Yaponiyada “zaxira” poytaxt tashkil etish rejasi maʼqullandi
Iyul 27, 2026. 14:00 • 49 soniya
• 87
TOKIO, 27-iyul. /“Dunyo” AA/. Yaponiya parlamenti favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda Tokio uchun zaxira vazifasini bajaradigan ikkinchi poytaxt tashkil etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Kyodo news” agentligiga tayanib.
Yangilikda maʼlum qilinishicha, yangi tizim mamlakatda hokimiyatni markazsizlashtirish, maʼmuriy boshqaruvni samarali tashkil etish va Tokioga bog‘liqlikni kamaytirishga qaratilgan. Qonunga ko‘ra, aholi soni va iqtisodiy salohiyati bo‘yicha belgilangan talablarga javob beradigan prefekturalar ariza berishi mumkin, yakuniy qarorni esa Bosh vazir qabul qiladi.
“Kyodo news” surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi