Logo

BMTda Markaziy Osiyo davlatlari vakillari hamjihatlikda Navro‘z ayyomini nishonladi

Mart 26, 2026. 17:13 • 2 daq

152
BMTda Markaziy Osiyo davlatlari vakillari hamjihatlikda Navro‘z ayyomini nishonladi

NYU-YORK, 26-mart. /“Dunyo” AA/. BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning tashkilot huzuridagi doimiy vakolatxonalari hamkorligida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur madaniy-maʼrifiy uchrashuvda BMTga aʼzo davlatlar, Kotibiyat, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari hamda vatandoshlar ishtirok etdi.

Marosimda so‘zga chiqqan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov Navro‘z bayramining Markaziy Osiyo xalqlarini birlashtiruvchi o‘rni, umumiy madaniy va tarixiy anʼanalarni aks ettirishi, do‘stlik, o‘zaro anglashuv va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyatini taʼkidladi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining BMTdagi doimiy vakillari ham tabrik so‘zlari bilan chiqish qilib, Navro‘z tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va barqaror taraqqiyot ramzi ekanini qayd etdi.

Mehmonlarga Markaziy Osiyo milliy oshxonasining anʼanaviy taomlari taqdim etildi.

Ishtirokchilar ushbu tadbir so‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilayotgani, mamlakatlar o‘rtasida turli sohalardagi aloqalar izchil kengayib borayotganining yorqin ifodasi ekanini taʼkidladi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish