Logo

Turkiyada Navro‘z: xalqlar do‘stligi va madaniy hamkorlik tobora rivojlanmoqda

Mart 26, 2026. 09:09 • 2 daq

104
Turkiyada Navro‘z: xalqlar do‘stligi va madaniy hamkorlik tobora rivojlanmoqda

ISTANBUL, 26-mart. /“Dunyo” AA/. Istambul va Bursa shaharlarida Navro‘z bayrami munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu bayram tadbirlarida Turkiyadagi keng jamoatchilik vakillari, madaniyat va sanʼat arboblari, ushbu davlatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirok etdi.

Yurtimizdan Turkiyadagi bosh konsullik diplomatlari, ShHT Xalq diplomatiyasi markazi xodimlari, O‘zbekiston madaniyati, birligi va hamkorlik jamiyati aʼzolari, Davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda Yunus Rajabiy nomidagi Milliy musiqa sanʼati instituti vakillari qatnashdi.

So‘zga chiqqanlar Navro‘z nafaqat milliy bayram, balki umuminsoniy qadriyatlar, tinchlik, birdamlik va xayr-ehson g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan bayram ekanini taʼkidladi. Turkiyada ushbu bahoriy ayyomni nishonlash orqali xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari yanada mustahkamlanishi eʼtirof qilindi.

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda Yunus Rajabiy nomidagi Milliy musiqa sanʼati oliygohi o‘qituvchi va talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Unda o‘zbek va turk xalqlarining ko‘p asrlik tarixi, milliy anʼanalari va madaniy xususiyatlari musiqa va raqslar orqali ifodalandi.

Shuningdek, ishtirokchilar uchun anʼanaviy sanʼat ko‘rgazmalari ham tashkil etildi, o‘zbek milliy taomlari taqdim etildi. Turkiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar ham o‘z chiqishlari orqali bayramning yana-da ko‘tarinki ruhda o‘tishiga hissa qo‘shdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish