Chust va Polshaning Koshalin shaharlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatiladi
Yanvar 28, 2026. 10:09 • 45 soniya
• 83KOSHALIN, 28-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Polshaning Koshalin shahriga tashrif buyurib, mer Tomash Soberay bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar davomida polyak tomoni O‘zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasida muhim va istiqbolli sherik sifatida ko‘rishini maʼlum qilib, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuksak baholadi.
Suhbatdosh Elchixona diplomatlarining Koshalin va Chust shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan bildirgan taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Tomash Soberay tegishli taklifnoma kelib tushgan taqdirda 2026-yilda o‘zaro kelishilgan muddatlarda yoki Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish doirasida O‘zbekistonga, xususan, Namangan viloyatiga biznes-missiya bilan tashrif buyurishga tayyorligini maʼlum qildi.
Tomonlar tibbiyot, qurilish, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, turizm, mehnat migratsiyasi kabi ustuvor sohalarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.
“Polryb”, “Romex”, “ZPP”, “ZPM Kolobrzeg”, “Polstar” kabi kompaniyalarning “Termiz xalqaro savdo markazi” EIZ hududida do‘konlar ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi




