Logo

Xitoyda O‘zbekistonning investitsiya imkoniyatlari namoyish qilindi

Aprel 07, 2026. 08:10 • 2 daq

92
Xitoyda O‘zbekistonning investitsiya imkoniyatlari namoyish qilindi

CHJUNSHAN, 7-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Chjunshan shahar Tijorat byurosi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida davra suhbati tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekistonning investitsiya imkoniyatlariga bag‘ishlangan tadbirda hududning 20 dan ortiq yetakchi kompaniyalari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlari, eksport imkoniyatlari, investorlar uchun yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar tizimi hamda istiqbolli savdo va investitsiya loyihalari haqida maʼlumot berildi.

Xitoy tomoni yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholab, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay va xavfsiz ishbilarmonlik muhiti, vizasiz rejimning joriy etilgani hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarning mavjudligi o‘zaro almashinuvlarni yana-da faollashtirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Muloqot chog‘ida Chjunshan shahri Savdo-sanoat palatasi rahbari Chjan Lyu shu yil mahalliy yetakchi kompaniyalardan iborat delegatsiyalarning O‘zbekiston hududlariga qator biznes-missiyalarini tashkil etish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni kengaytirish va yangi investitsiya loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq yo‘nalishlarni belgilab oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish