Logo

Polshalik tadbirkorlar bilan qator kelishuvlarga erishildi

Yanvar 12, 2026. 09:21 • 39 soniya

251
Polshalik tadbirkorlar bilan qator kelishuvlarga erishildi
Polshalik tadbirkorlar bilan qator kelishuvlarga erishildi

VARSHAVA, 12-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari Polshaning Podkarpat voyevodligida (viloyatida) faoliyat yurituvchi qator kompaniya rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda “Liderzy Nieruchomosci”, “Dreyzac”, “Pro Basecamp”, “Brigante”, “Szwalnia Janus”, “Yoshi Innovation”, “Fireflies”, “Customs Clearance Services Poland”, “Poplonski Trading Company” kabi nufuzli kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Tomonlar Polsha va O‘zbekiston o‘rtasida farmatsevtika, aviatsiya, qurilish, transport, logistika, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik, kimyo, geologiya, turizm, mehnat migratsiyasi, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellektni rivojlantirish va taʼlim kabi ustuvor sohalarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Muloqot jarayonida 2026-yil fevral-mart oylarida O‘zbekistonga, xususan, Surxondaryo viloyatiga navbatdagi biznes-missiyani amalga oshirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Polsha kompaniyalarining “Termiz xalqaro savdo markazi” EIZ hududida do‘konlar ochishi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish