Sirdaryo va Xitoyning Guandun provinsiasi o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik rivojlantiriladi
Dekabr 23, 2025. 19:33 • 39 soniya
• 306GUANCHJOU, 26-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Sirdaryo viloyati hokimligi delegatsiyasining Xitoyga ishchi safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashrif doirasida Guandun provinsiyasida faoliyat yuritayotgan qator kompaniyalar bilan mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlarni joriy etish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Xususan, Xitoyning yetakchi “Haid Group”, “Wens Foodstuff Group” va “Huaxing Holding Group” kompaniyalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda viloyat hududida chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklarini barpo etish hamda paxta yetishtirish va urug‘chilikni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish istiqbollari muhokama qilindi.
Sermahsul uchrashuvlar yakunida yuqorida qayd etilgan kompaniya vakillarining 2026-yil yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatiga biznes missiyalarini tashkil etishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi

