Polshalik tadbirkorlar bilan hamkorlik kelishuvlariga erishildi
Dekabr 28, 2025. 12:08 • 37 soniya
• 380KROTOSHIN, 5-yanvar. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi diplomatlari Krotoshin shahriga tashrif buyurib, mer Nataliya Robakovska bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot jarayonida tomonlar Krotoshin shahri va Andijon viloyatidagi mos shahar o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish, 2026-yilda Andijon viloyatiga biznes-missiya tashkil etish masalalarida turli kelishuvlar imzolandi.
Shuningdek, 2026-yilda “DINO Polska”, “PW Agrounima”, “MECH-MASZ”, “AGROTOP” va “KROT-PLON” korxonalari vakillarining O‘zbekistonga navbatdagi biznes-missiyasini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
Suhbat davomida “PW Agrounima”, “MECH-MASZ”, “AGROTOP” va “KROT-PLON” kompaniyalari bilan O‘zbekistonda, xususan, Xorazm viloyatida ixcham qishloq xo‘jaligi texnikasini yig‘ish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish haqida to‘xtalib o‘tildi.
“DINO Polska” kompaniyasiga O‘zbekistonda yetishtirilgan/ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi



