Logo

Ukrainadagi biznes-forum doirasida qator kelishuvlarga erishildi

Dekabr 27, 2025. 13:13 • 2 daq

306
Ukrainadagi biznes-forum doirasida qator kelishuvlarga erishildi
Ukrainadagi biznes-forum doirasida qator kelishuvlarga erishildi
Ukrainadagi biznes-forum doirasida qator kelishuvlarga erishildi

VINNITSA, 27-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vakillari Vinnitsa shahrida bo‘lib o‘tgan “Trends 2026. Biznes va o‘sish texnologiyalari” biznes-forumida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur biznes-forumda rivojlanish strategiyasi, texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiy xavfsizlik va xorijiy bozorlarga chiqish masalalari bo‘yicha 100 dan ortiq biznes doiralarning yetakchi vakillari qatnashdi.

Tadbir doirasida elchixona tomonidan “O‘zbekiston: hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida maxsus sessiya o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, mahalliy kompaniyalarning yurtimiz orqali Markaziy Osiyo mintaqasi bozorida ishtirok etish istiqbollari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir doirasida ayni paytda O‘zbekiston iqtisodiyoti yuqori surʼatlar bilan rivojlanib borayotgani alohida qayd etildi. Mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlash, xorijiy investitsiyalar hajmini sezilarli darajada oshirish hamda chet el sarmoyalari ishtirokida yangi ishlab chiqarish quvvatlari sonining izchil va jadal o‘sishiga erishilayotgani taʼkidlandi.

O‘z navbatida, mazkur anjumanda ishtirok etgan Ukraina biznes-investitsion doiralari vakillari bilan ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Qayta tiklanuvchi energetika, transport-logistika, zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlar, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, kimyo, avtomobil sanoati hamda avtotransport vositalari uchun butlash qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha taklif va tashabbuslar bildirildi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda turizm va xizmat ko‘rsatish sohalari yuqori suratlarda o‘sib borayotgani taʼkidlandi. Ushbu yo‘nalishda mehmonxona biznesi, “HoReCa” segmenti hamda professional xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarga talab yuqori ekani aytildi.

Vinnitsa viloyatida Elchixona vakillari qator mahalliy korxonalar -“Promavtomatika Vinnitsa” (elektr uskunalarini ishlab chiqarish, avtomatlashtirish, quyosh elektr stansiyalarini qurish) hamda “Park Audio II” (professional quvvat kuchaytirgichlari va akustik tizimlar ishlab chiqarish) kabi ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikka qiziqish bildirgan “Business People Club” uyushmasi aʼzolari bo‘lgan 16 ta mahalliy kompaniyalar rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuv doirasida hamkorlikni yana-da mustahkamlash yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish