Pokiston nashrlarida O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Termiz muloqotining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlikning borishi keng yoritilmoqda
Iyun 02, 2026. 10:55 • 2 daq
• 69
ISLOMOBOD, 3-iyun. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “The Nation”, “Margalla Tribune”, “Khyber Mail”, “Infora News”, “The Gulf Observer” nashrlarida yurtimizda bo‘lib o‘tadigan Termiz muloqotining ikkinchi yig‘ilishi haqida qator maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrlarda joriy yilning 4–6-iyun kunlari Toshkent shahrida “Tinchlik, o‘zaro bog‘liqlik va barqarorlik: umumiy farovonlik poydevorini shakllantirish” mavzusida o‘tkaziladigan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining ikkinchi yig‘ilishi xususida to‘xtalib o‘tilgan.
Ta’kidlanishicha, mazkur yig‘ilish O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHICHK) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Forum dasturidan “Siyosiy muloqot va iqtisodiy bog‘liqlik – OHICHK makonida barqaror rivojlanish asosi” mavzusidagi yuqori darajadagi yalpi majlis, iqlim o‘zgarishiga birgalikda moslashish va ekologik barqarorlik hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish masalalariga bag‘ishlangan ikkita maxsus tematik sessiya o‘rin olgan.
Tadbir doirasida mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, Afg‘oniston–O‘zbekiston–Pokiston yo‘nalishida muloqotni rivojlantirish, transport-logistika bog‘liqligini mustahkamlash, mintaqaviy ishonchni shakllantirish va barqaror rivojlanishning umumiy kun tartibiga bag‘ishlangan ekspert va akademik muhokamalar, qator qo‘shimcha tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Markaziy Osiyoning mintaqaviy o‘ziga xosligi masalalariga, tinchlikparvarlik va barqaror rivojlanish sohalarida yoshlar hamkorligini kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, muloqot ishtirokchilari Termiz va Samarqand shaharlariga tashrif buyuradi.
“Termiz muloqotining ikkinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida ishonchni mustahkamlash hamda barqaror o‘zaro bog‘liqlikni ilgari surishga qaratilgan Kommyunike qabul qilinishi rejalashtirilgan”, – deya qayd etilgan maqolalarda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Pokiston ommaviy axborot vositalari O‘zbekistondagi “Mehr” gumanitar operatsiyalarining yakunlari haqida yozmoqda



