“Avesta” AA: O‘zbekiston sun’iy intellekt davrida fuqarolarni himoya qilish mexanizmlarini rivojlantirmoqda

Noyabr 05, 2026. 18:50 • 2 daq

• 199
“Avesta” AA: O‘zbekiston sun’iy intellekt davrida fuqarolarni himoya qilish mexanizmlarini rivojlantirmoqda

DUSHANBE, 5-noyabr. /“Dunyo” AA/. Tojikistonning “Avesta” axborot agentligida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti Farhod Tutkabayevning “Sun’iy intellekt sohasida xavfsizlik – xalqaro hamkorlikda” sarlavhali tahliliy maqolasie’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada joriy yilning 6-noyabr kuni Ostona shahrida o‘tadigan “Sun’iy intellekt sohasida xavfsizlik” mavzusidagi xalqaro konferensiya alohida qayd etilgan. Sun’iy intellektni joriy etish mehnat unumdorligini oshirishi, byudjet xarajatlarini qisqartirishi va davlat xizmatlari sifatini yaxshilashi ta’kidlangan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, global SI bozori 2030-yilga borib 20 trillion dollardan oshishi, O‘zbekistonda esa SI asosidagi xizmatlar hajmi 10 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

Nashrda O‘zbekistonning bu boradagi amaliy qadamlari yoritilgan. 2030-yilgacha sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi, 2026-yil yanvarda qabul qilingan qonun, shuningdek, etika qoidalari qabul qilingani eslatib o‘tilgan. 2026-yil iyul oyida “Raqamli hukumat” data-markazida NVIDIA texnologiyalariga asoslangan birinchi superkompyuter ishga tushirilgani, mamlakat SIga tayyorgarlik indeksida 25 pog‘onaga ko‘tarilib, 62-o‘rinni egallagani qayd etilgan. Yil oxirigacha sog‘liqni saqlash, energetika, bank va transport sohalarida kamida 100 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, materialda kiberxavfsizlik masalalariga ham urg‘u berilgan. Oxirgi olti yilda kiberjinoyatlar bo‘yicha murojaatlar 48 barobar oshgan. Ichki ishlar vazirligi va Markaziy bank hamkorligida yaratilgan SI tizimi 2026-yilning birinchi yarmida 29 trillion so‘mning hisobdan chiqarilishini oldini olish va 18,8 mingdan ortiq gumonli bank kartalarini bloklash imkonini berdi. Bundan tashqari, energetika va suv resurslariga yuklama hamda kadrlar tayyorlash, jumladan, “Besh million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasi muhokama qilingan.

Yakunda SI xavfsizligi milliy chegaralar bilan cheklanmasligi va davlatlar o‘rtasidagi muvofiqlashtirishni talab etishi qayd etilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish