Xitoyning Chendu shahrida O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati taqdim etildi

Iyul 11, 2026. 12:00 • 1 daq

38
Xitoyning Chendu shahrida O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati taqdim etildi
Xitoyning Chendu shahrida O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati taqdim etildi

CHENDU, 11-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi tomonidan Sichuan provinsiyasi maʼmuriy markazi – Chendu shahrida mamlakatimizning savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Sichuan Davlat aktivlarini nazorat qilish va boshqarish qo‘mitasi ko‘magida tashkil etilgan tadbirda mazkur provinsiyaning vazirlik va idoralari, yetakchi kompaniyalari, tarmoq uyushmalari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

Taqdimot doirasida O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan jozibador imkoniyatlar, maxsus iqtisodiy va sanoat zonalaridagi istiqbolli loyihalar haqida batafsil maʼlumot berildi.

O‘zbekiston hududlari va Sichuan provinsiyasi o‘rtasida savdo, investitsiya, infratuzilma, logistika, energetika, sanoat va boshqa sohalardagi hamkorlik kengayib borayotgani taʼkidlandi.

Tadbir yakunida tomonlar hamkorlikni yana-da kengaytirish maqsadida O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, o‘zaro manfaatli xalqaro anjumanlar o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish