Ispaniyadagi kuchli o‘rmon yong‘ini oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, qurbonlar soni ortishi mumkin
Iyul 11, 2026. 12:30 • 2 daq
• 62
MADRID, 11-iyul. /“Dunyo” AA/. Ispaniya favqulodda vaziyatlar xizmatlari mamlakat janubi-sharqida kamida 12 kishining hayotiga zomin bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘iniga qarshi kurashni davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Ispaniyaning “EFE” axborot agentligi yangiligiga tayanib.
Maʼlumotlarga ko‘ra, hozirda 23 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Rasmiylar qurbonlar soni yana-da ortishi mumkinligidan ogohlantirdi. Yong‘inni jilovlash uchun yuzlab o‘t o‘chiruvchilar va favqulodda vaziyatlar xodimlari safarbar etilgan.
O‘rmon yong‘ini 9-iyul kuni Almeriya provinsiyasida 40°C gacha yetgan jazirama, kuchli shamol va quruq ob-havo sharoitida tez surʼatlar bilan tarqalgan. Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ining qulashi yong‘inning dastlabki sababi sifatida ko‘rilmoqda.
Bosh vazir Pedro Sanches va Ispaniya qirollik oilasi halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi hamda favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlariga o‘t o‘chirishdagi fidokorona harakatlari uchun minnatdorlik izhor etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi