Abu-Dabining markaziy ko‘chalarida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi

Iyul 11, 2026. 13:00 • 2 daq

Abu-Dabining markaziy ko‘chalarida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi
Abu-Dabining markaziy ko‘chalarida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi
Abu-Dabining markaziy ko‘chalarida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi

ABU-DABI, 11-iyul. /“Dunyo” AA/. BAA poytaxtida O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan reklama kampaniyasi amalga oshirilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Abu-Dabining markaziy ko‘chalaridagi LED-ekranlar orqali mamlakatimizning turistik salohiyati, boy madaniy-tarixiy merosi hamda so‘nggi yillarda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etilmoqda.

Mazkur targ‘ibot tadbirlari Abu-Dabi–Toshkent–Abu-Dabi yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan tashkil etildi.

Qayd etilishicha, yangi aviaqatnovning yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi safarlarni yana-da qulaylashtirib, turistik almashinuvni faollashtirish, ishbilarmonlik aloqalari va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyat yaratadi.

“Etihad Airways” tomonidan mazkur yo‘nalishning ochilishi O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotganining yana bir amaliy ifodasi sifatida baholanmoqda.

Yangi aviaqatnov madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va ko‘p qirrali sheriklikni yana-da rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish