Logo

Pokiston OAV: “Har bir inson muhim” tamoyili O‘zbekiston davlat siyosatining asosiy mezoni

Yanvar 08, 2026. 16:37 • 2 daq

150
Pokiston OAV: “Har bir inson muhim” tamoyili O‘zbekiston davlat siyosatining asosiy mezoni
Pokiston OAV: “Har bir inson muhim” tamoyili O‘zbekiston davlat siyosatining asosiy mezoni
Pokiston OAV: “Har bir inson muhim” tamoyili O‘zbekiston davlat siyosatining asosiy mezoni
Pokiston OAV: “Har bir inson muhim” tamoyili O‘zbekiston davlat siyosatining asosiy mezoni

ISLOMOBOD, 8-yanvar. /“Dunyo” AA/. Pokistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning “Alter Ego” loyihasi rahbari, jurnalist va bloger Kirill Altmanga bergan intervyusini keng yoritdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Jumladan, “Associated Press of Pakistan”, “DNA News”, “Islamabad Post”, “Pakistan Today”, “Media Online Today”, “Margalla Tribune”, “Daily Sub News”, “The Gulf Observer”, “The Europe Today”, “News Network Pakistan”, “World News”, “Sentre Line” singari yetakchi ommaviy axborot vositalarida mazkur intervyuga bag‘ishlangan turli maqolalar eʼlon qilindi.

Materiallarda taʼkidlanishicha, Saida Mirziyoyeva suhbat jarayonida O‘zbekiston Prezidentining ish uslubiga to‘xtalar ekan, u davlat rahbarining muloqotga ochiqligi, odamlarni tinglay olishi va jamoasiga ishonishini alohida qayd etdi. Uning fikricha, O‘zbekistondagi o‘zgarishlar faqat qatʼiy boshqaruv qarorlari bilangina emas, balki moslashuvchan yondashuv, ishonch va jamiyat bilan uzluksiz hamkorlik hisobiga ham amalga oshmoqda.

Intervyuda kadrlar salohiyatini oshirish, boshqaruvchilar uchun professional o‘sish sharoitlarini yaratish masalasi ham muhim yo‘nalish sifatida ko‘rsatildi.

Administratsiya ishida besh ustuvor yo‘nalish ajratildi: suv resurslari bilan taʼminlash, taʼlimni rivojlantirish, sog‘liqni saqlashni takomillashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va sud-huquq tizimini isloh qilish. Suv masalasi agrar mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.

Taʼlim va tibbiyotdagi o‘zgarishlar esa uzoq muddatli vazifalar qatoriga kiritildi: natija tez ko‘rinmasligi mumkin, biroq barqaror taraqqiyot aynan shu sohalarsiz taʼminlanmaydi.

“Sud tizimi mavzusi intervyuda alohida o‘rin oldi. Shaffof va adolatli odil sudlov bo‘lmasa, iqtisodiy islohotlar samarasi, investitsiyalarni jalb etish hamda fuqarolarning davlatga ishonchini mustahkamlash qiyinligini bildirdi”, deyiladi manbalarda.

Pokiston OAV yozganidek, muloqot chog‘ida shaxsiy qiziqish haqida ham so‘z bordi: “O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari xalqaro diplomatiya va muloqot yo‘nalishi o‘ziga yaqinligini aytdi. Hamkorlik va muloqot, xalqaro maydonda ham, yakunda bir maqsadga – odamlar hayoti sifatini yaxshilashga xizmat qilishini, “Har bir inson muhim” tamoyili O‘zbekiston davlat siyosatining asosiy mezonlaridan biri ekanini qayd etdi”, deya taʼkidlangan maqolalarda.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish