Kuvaytning yetakchi OAVda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi keng yoritildi
Oktabr 05, 2026. 14:00 • 2 daq
• 156AL-KUVAYT, 5-oktabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yil oktyabr oyining dastlabki kunlarida Kuvaytning yetakchi ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan qator materiallar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xususan, “Al-Anba”, “Al-Jarida” va “Al-Rai” nashrlari O‘zbekistonning Kuvayt bilan iqtisodiyot, investitsiyalar, turizm va texnologiya sohalarida sheriklikni yanada kengaytirishga intilayotganiga alohida e’tibor qaratdi.
Maqolalarda Kuvaytning yurtimizdagi taraqqiyot loyihalarini qo‘llab-quvvatlashdagi faol ishtiroki, xususan, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasining roli hamda kuvaytlik fuqarolar uchun O‘zbekistonda joriy etilgan 30 kunlik vizasiz rejim ikki tomonlama aloqalarni jadallashtiruvchi muhim omil sifatida qayd etildi.
“Al-Khaleej” va “Kuwait News” agentliklari elchixonamiz tomonidan mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan rasmiy qabul marosimi, unda Kuvayt hukumati rasmiy vakillari va diplomatik korpus rahbarlari ishtirok etganini keng yoritdi.
“The Times Kuwait” gazetasi ham mazkur sanaga bag‘ishlangan maxsus material e’lon qilib, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy-investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, turizm va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi ulkan salohiyatga urg‘u berdi.
Kuvayt ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan maqolalarda O‘zbekiston jadal rivojlanayotgan, xorijiy investitsiyalar va keng hamkorlik uchun ochiq hamda Kuvayt bilan uzoq muddatli, o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlashga intilayotgan zamonaviy davlat sifatida namoyon bo‘ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



