«AiF» gazetasi: Tyumen viloyatining O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi yarim yilda 52 foizga o‘sdi
Oktabr 04, 2026. 13:00 • 2 daq
• 312
MOSKVA, 4-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Rossiyaning mashhur «Argumenti i fakti» haftalik gazetasida «Tyumen viloyatining O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi yarim yilda 52 foizga o‘sdi» sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Maqolada Tyumen viloyati gubernatori Aleksandr Moorning O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov bilan uchrashuvi haqida so‘z boradi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha viloyat rahbari O‘zbekiston bilan hamkorlik izchil mustahkamlanib borayotganini ta’kidlagan.
Nashrning yozishicha, O‘zbekiston Tyumen viloyatining eng muhim tashqi iqtisodiy sheriklaridan biridir. Viloyat O‘zbekistonga kimyo sanoati mahsulotlari, polimer materiallari, shuningdek, shisha, qog‘oz, karton va yog‘och mahsulotlarini yetkazib beradi. O‘z navbatida, mintaqaga oziq-ovqat mahsulotlari, qora metallar va kauchuk import qilinadi.
Qayd etilishicha, ikki tomonlama sheriklik faqat savdo sohasi bilan cheklanib qolmayapti. Tyumen va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, gumanitar aloqalar, xususan, ta’lim sohasidagi hamkorlik faol rivojlanmoqda — o‘zbekistonlik talabalar Tyumen oliy o‘quv yurtlarida tahsil olib, viloyatning milliy-madaniy hayotida faol ishtirok etmoqdalar.
Nashr kelgusida akademik hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, magistratura dasturlari va ikki tomonlama diplom berish loyihalarini boshlash rejalashtirilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi