"Monaliza Tur" sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlik rivojlantiriladi

Noyabr 19, 2025. 10:03 • 2 daq

163
"Monaliza Tur" sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlik rivojlantiriladi

QOHIRA, 18-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Misrdagi Elchixonasi tomonidan mahalliy "Monaliza Tours" turistik kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi, deb qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur uchrashuvda kompaniyaning asosiy faoliyat yo'nalishlari, imkoniyat va tajribalari haqida so'z yurtildi.

"Kompaniyamiz mijozlar uchun kompleks turistik dasturlar va xalqaro sayohatlarni tayyorlash bilan shug'ullanadi. Mamlakatimizning Qohira, Lyuksor, Sharm-esh-Sheyx va Xurgada shaharlarida qator filiallarimiz hamda mehmonxonalar tarmog'i mavjud", – deydi kompaniya direktori Ahmad Xusni.

Shuningdek, ushbu turistik kompaniya tomonidan mijozlarga transport, mehmonxona, gid va boshqa xizmatlar ko'rsatilishi qayd etildi.

Elchixona diplomatlari ushbu kompaniya vakillariga hamkorlik doirasida turistlar uchun vizalarni rasmiylashtirishda ko'maklashish hamda mamlakatning turizm salohiyatini targ'ib qilish maqsadida O'zbekistonning diqqatga sazovor mintaqalari haqida videoroliklar taqdim etishini bildirdi.

Kompaniya menedjeri Xeba Gaberlarning ta'kidlashicha, 2026-yilning aprel va iyun oylarida O'zbekistonga sayyohlar guruhini yuborish rejalashtirilgan.

Tadbir davomida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish masalalari haqida fikr-mulohaza almashilib, kerakli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish