Logo

28–30-aprel kunlari “CAEx Uzbekistan” majmuasida “Beauty Uzbekistan 2026” xalqaro go‘zallik, kosmetologiya va parfyumeriya-kosmetika sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Aprel 20, 2026. 15:00 • 3 daq

218
28–30-aprel kunlari “CAEx Uzbekistan” majmuasida “Beauty Uzbekistan 2026” xalqaro go‘zallik, kosmetologiya va parfyumeriya-kosmetika sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

TOSHKENT, 20-aprel. /“Dunyo” AA/. Shu yil 28–30-aprel kunlari poytaxtimizdagi “CAEx Uzbekistan” ko‘rgazmalar majmuasida “Beauty Uzbekistan – 2026” go‘zallik, kosmetologiya va parfyumeriya-kosmetika sanoatining ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Beauty Uzbekistan – kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va distribyutorlari, estetik tibbiyot mutaxassislari, riteyl vakillari, salonlar biznesi va professional parvarish xizmatlarini birlashtirgan professional B2B formatidagi ko‘rgazmadir.

Bu yerda tashrif buyuruvchilar yetakchi brendlar, yangi mahsulotlar va texnologiyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanishish imkoniga ega bo‘ladi, biznes aloqalarini o‘rnatadi va go‘zallik sanoatidagi asosiy tendensiyalar haqida birinchi bo‘lib xabar topadi.

Joriy yilda ko‘rgazmada 12 mamlakatdan 100 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, BAA, Gruziya, Ispaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Ozarbayjon, Polsha, Qirg‘iziston, Rossiya, Xitoy, O‘zbekiston va Shvetsiya milliy pavilyonlarida go‘zallik sanoatining ilg‘or yechimlari va ushbu davlatlarning eksport salohiyati namoyish etiladi.

Ko‘rgazmaning bosh homiysi “BIOGEL” funksional biorevitalizantlar brendidir.

Ko‘rgazmaga onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Ishtirok etish uchun ko‘rgazma veb-saytida ro‘yxatdan o‘ting: www.beautypro.uz

Ko‘rgazmaning asosiy bo‘limlari:

Beauty Uzbekistan – parfyumeriya va kosmetika sanoatining butun spektrini, jumladan dekorativ va shaxsiy parvarish kosmetikasi, parfyumeriya, shaxsiy gigiyena vositalari va hair-sanoatini taklif etadi.

Beauty Derma Central Asia – estetik tibbiyot, apparat kosmetologiyasi va anti-age parvarishga bag‘ishlangan ixtisoslashgan soha. Ekspozitsiyada klinikalar va mutaxassislar uchun inyeksiya texnikasi, lazerlar va keyingi avlod apparat texnologiyalari kabi zamonaviy yechimlar namoyish etiladi.

Anʼanaga ko‘ra, ko‘rgazmada ixtisoslashtirilgan seminarlar, ekspert sessiyalari va professional muhokamalarni o‘z ichiga olgan biznes dastur o‘tkaziladi.

Dasturning alohida bo‘limlari estetik tibbiyot, balneologiya va kurort sanoatidagi zamonaviy tendensiyalarga, jumladan, estetik tibbiyotga ilmiy yondashuvlarga (CYTOLIFE/“Medtendergrupp”, Rossiya), balneologik uskunalar va gidroterapiya texnologiyalari sohasidagi yechimlarga (“Fiziotexnika”, Rossiya) bag‘ishlanadi.

Parfyumeriya va kosmetika sanoati mutaxassislari hamda maishiy kimyo ishlab chiqaruvchilari uchun Shveysariyaning “LUZI” kompaniyasining xushbo‘y xidlarga bag‘ishlangan sessiya o‘tkaziladi.

“Beauty Uzbekistan – 2026” shunchaki mahsulotlar namoyishi emas – bu biznes, tibbiyot, texnologiyalar va go‘zallik sanoatining zamonaviy tendensiyalari kesishadigan professional platformadir.

Tashkilotchilar – “Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori “ICA Eurasia Group” (tegishli hukumat va sanoat tuzilmalari ko‘magida).

Ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun www.beautypro.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Qo‘shimcha maʼlumot olish uchun:

Tel: + (998 71) 205-14-14.

Email:beautypro@iteca.uz

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish