O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatlar Buxoroga tashrif buyurdi

Iyun 05, 2026. 16:25 • 53 soniya

1

BUXORO, 5-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat delegatsiya bugun Buxoroga shahriga yetib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri voqea joyidan.

Ikki kunlik tashrifning birinchi kuni Buxoroning tarixiy va boqiy qadamjolarini ziyorat qilishdan boshlandi.

Xususan, delegatsiya a’zolari Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi hamda Usta Davron nomidagi Milliy miniatyura va xattotlik markazida bo‘ldilar.

6-iyun kuni viloyatning sarmoyaviy salohiyati va faoliyat yuritayotgan zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari bilan yaqindan tanishish rejalashtirilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish