“Al Diplomasy”: Yangi tashabbuslar O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni yanada tizimli shaklga keltirishga qaratilgan

Sentabr 01, 2026. 15:00 • 1 daq

117
“Al Diplomasy”: Yangi tashabbuslar O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni yanada tizimli shaklga keltirishga qaratilgan

QOHIRA, 1-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Misrning “Al Diplomasy” axborot agentligida O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi madaniy diplomatiyani rivojlantirishga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Materialda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning ikki tomonlama munosabatlarni madaniy va ilmiy loyihalar orqali rivojlantirishga qaratilgan yondashuvi tahlil qilingan.

Xususan, Muhammad al-Xorazmiy va Nikola Teslaning umumiy ilmiy merosi, ularning ikki mamlakat o‘rtasidagi gumanitar aloqalarni rivojlantirishdagi o‘rniga alohida eʼtibor qaratilgan.

Madaniy hamkorlikning amaliy yo‘nalishlari sifatida “Al-Xorazmiydan Teslagacha” qo‘shma filmini yaratish, tarjima dasturlarini amalga oshirish, arxivlarni raqamlashtirish, Toshkent va Belgrad o‘rtasida madaniy almashinuvlarni kengaytirish hamda o‘zaro Madaniyat kunlarini o‘tkazish takliflari ilgari surilgan.

Nashrda bunday tashabbuslar O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi madaniy muloqotni yana-da tizimli tusga keltirishga xizmat qilishi taʼkidlangan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish