Pan Gi Mun: O‘zbekiston xalqining faxrlanadigan jihatlari juda ko‘p
Sentabr 02, 2026. 15:30 • 2 daq
• 94
SEUL, 2-sentyabr. /“Dunyo” AA/. BMTning sobiq bosh kotibi, Global yashil o‘sish instituti (GGGI) prezidenti va Kengashi raisi Pan Gi Mun O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Dunyo” AA orqali O‘zbekiston xalqiga o‘zining samimiy tabrik va ezgu tilaklarini yo‘lladi:
– O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan janob Prezident Shavkat Mirziyoyevga, mamlakat hukumati va xalqiga samimiy tabriklarim hamda ezgu tilaklarimni yetkazish men uchun katta sharaf.
O‘tgan o‘ttiz besh yil mobaynida O‘zbekiston taraqqiyot va transformatsiya yo‘lida salmoqli yutuqlarga erishib, Markaziy Osiyo va undan tashqarida muhim hamda konstruktiv hamkor sifatidagi o‘rnini mustahkamladi.
O‘zbekiston xalqining faxrlanadigan jihatlari juda ko‘p. Mamlakatning yaxshi qo‘shnichilik diplomatiyasi siyosati orqali mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro muloqotni mustahkamlash va umumiy yondashuvga erishish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, mintaqada ochiqlik va o‘zaro bog‘liqlikni ilgari surish borasidagi qatʼiy saʼy-harakatlarini alohida qayd etmoqchiman. Bularning barchasi yana-da tinch, barqaror va farovon Markaziy Osiyoni barpo etishda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston va uning hamfikr qo‘shnilari tinchlik va barqarorlik mevalaridan bahramand bo‘lmoqda, ularning bu boradagi yutuqlari esa boshqa mintaqalar uchun yorqin namuna bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini alohida eʼtirof etish zarur.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mustahkam aloqalar sheriklik, o‘zaro hurmat hamda barqaror rivojlanish va farovonlik yo‘lidagi umumiy intilishlarning qadr-qimmatini namoyon etadi.
Xalqaro hamjamiyat iqlim o‘zgarishi, atrof-muhit tanazzuli va barqaror rivojlanishni taʼminlash bilan bog‘liq umumiy qiyinchiliklarga duch kelayotgan bir sharoitda O‘zbekistonning “yashil” transformatsiya va iqlimiy choralarga qaratayotgan eʼtibori alohida ahamiyat kasb etadi.
GGGI Assambleyasi prezidenti va Kengashi raisi sifatida O‘zbekistonning hissasini yuksak qadrlayman hamda mamlakat bundan buyon ham yana-da barqaror va hayotchan kelajakni shakllantirish bo‘yicha birgalikdagi saʼy-harakatlarimizga munosib hissa qo‘shishda davom etishiga ishonaman.
O‘zbekiston uchun ushbu shonli kunda butun mamlakat xalqiga yana-da mustahkam tinchlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar tilayman hamda O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyat bilan konstruktiv hamkorligi yana-da mustahkamlanishini intizorlik bilan kutaman.
Mustaqillikning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi