O‘zbekiston elchixonasi Sirdaryo viloyati va Polshaning Opol voyevodaligi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlamoqda

Sentabr 02, 2026. 16:00 • 2 daq

62

OPOLE, 2-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari hududlararo savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish maqsadida Polshaning Opole voyevodaligiga xizmat safarini amalga oshirdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Safar davomida Opole voyevodaligi Marshali Shimon Oglaza, vitse-voyevoda Slavomir Gradzik va Opole shahri vitse-meri Machey Vuyes bilan bo‘lib o‘tgan rasmiy muzokaralarda Sirdaryo viloyati hamda Opole voyevodaligi, shuningdek, Guliston va Opole shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sheriklik aloqalarini o‘rnatish istiqbollari muhokama qilindi.

Polsha tomoni O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi strategik o‘rnini yuqori baholab, sanoat, qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik, IT, taʼlim va turizm sohalarida hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirdi. Uchrashuvlar yakunida joriy yilning noyabr-dekabr oylarida ikki hudud ishbilarmon doiralari hamda “IT Park” vakillari ishtirokida onlayn muzokaralar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, tashrif doirasida voyevodalik jamoat kutubxonasida madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazildi. Muassasada o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti namunalaridan iborat bir oylik ko‘rgazma namoyish etila boshlandi. Yurtimiz tarixi va madaniy salohiyatiga bag‘ishlangan kitoblar bilan boyitilgan alohida “O‘zbekiston burchagi” ham tantanali ravishda ochildi.

Kelgusida ushbu muassasa bazasida O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlariga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmalar va “O‘zbekiston kunlari” kabi qator tadbirlarni ham birgalikda o‘tkazishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish