Logo

BMTning yangi bosh kotibi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Fevral 18, 2026. 12:22 • 2 daq

31
BMTning yangi bosh kotibi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

MADRID, 18-fevral. /“Dunyo” AA/. BMTning Butunjahon turizm tashkiloti bosh qarorgohida yangi bosh kotib Shayxa Nasser al Novaisning Yevropa mintaqasi, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari elchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Taqdimot doirasida Bosh kotib Yevropa mintaqasida ishlash bo‘yicha o‘z qarashlari va ustuvor yo‘nalishlarini taqdim etib, barqaror va inklyuziv turizmni rivojlantirish, turizm sohasini raqamlashtirish, turizm sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi.

O‘zbekiston elchisi, mamlakatimizning BMTning Turizmdagi doimiy vakili Farrux Tursunov bilan qisqa suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni faollashtirish rejalari muhokama qilindi. O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish va turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish asosiy mavzular bo‘ldi.

Bosh kotib O‘zbekistonning turizmni rivojlantirish borasidagi muvaffaqiyatlarini yuqori baholab, bu respublika rahbariyatining puxta o‘ylangan va uzoqni ko‘zlagan siyosati natijasi bo‘lib, mamlakatga xalqaro maydonda yangi imkoniyatlar ochayotganini taʼkidladi.

“Ipak yo‘li”ning Samarqanddagi mintaqaviy ofisiga alohida eʼtibor qaratildi. Ofis tajriba almashish, tadqiqotlar, taʼlim va madaniy loyihalar, O‘zbekistonning boy tarixiy va sayyohlik merosini targ‘ib qilish uchun muhim xalqaro platformaga aylanishi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida BMT Bosh kotibining O‘zbekistonga rasmiy tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“O‘zbekiston – go‘zal mamlakat. Men uzoq vaqtdan beri uni ziyorat qilishni orzu qilaman. Umid qilamanki, bu orzu tez orada amalga oshadi”, – deya taʼkidladi Shayxa Nasser al Novais.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish