Fransiya hududining qariyb 70 foizida suvdan foydalanish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi
Avgust 11, 2026. 15:30 • 2 daq
• 7
TOSHKENT, 11-avgust. /“Dunyo” AA/. Qurg‘oqchilik tufayli Fransiya hududining deyarli 70 foizida suvdan foydalanish cheklandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Agence France-Presse”ning maʼlum qilishicha, suv resurslari sohasidagi keskinlik kuchli qurg‘oqchilik sababli yuzaga kelgan.
“Fransiya juda kuchli qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgan bir paytda, iqlim o‘zgarishi oqibatlari suv resurslari bilan bog‘liq keskinlikni kuchaytirishda davom etmoqda. Mamlakat hududining deyarli 70 foizida suvdan foydalanishga cheklovlar joriy qilingan”, – deya agentlik Fransiya ekologik o‘tish vazirligi bayonotidan iqtibos keltiradi.
Respublikaning 67 ta departamentida suv tanqisligi sababli eng yuqori – inqiroz darajasi, yana 21 tasida esa yuqori darajadagi xavf eʼlon qilingan.
Inqiroz darajasida suvdan faqat sog‘liqni saqlash, fuqaro muhofazasi, ichimlik suvi taʼminoti va sanitariya ehtiyojlari uchun foydalanishga ruxsat beriladi. Xavf darajasi yuqori bo‘lganda esa bog‘lar va yashil maydonlarni sug‘orish, hovuzlarni to‘ldirish, mashinalarni yuvish va ekinlarni sug‘orishga cheklovlar o‘rnatiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi