“Boysun bahori”dan “Lazgi”gacha: Polshalik bloger O‘zbekiston haqida eksklyuziv kontent tayyorlaydi
Fevral 25, 2026. 12:38 • 47 soniya
• 38
VARSHAVA, 25-fevral. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz Polshadagi elchixonasida yevropalik taniqli bloger Kamil Chixoskiy bilan O‘zbekistonning turistik jozibadorligini keng targ‘ib qilish masalalariga bag‘ishlangan suhbat bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot davomida O‘zbekistonning boy madaniy merosini Polsha va Yevropa auditoriyasiga yangicha, noanʼanaviy formatlarda taqdim etish masalalari muhokama qilindi. Kamil Chixoskiy yurtimizga tashrif buyurishga katta qiziqish bildirib, faqatgina klassik sayyohlik yo‘nalishlari bilan cheklanmay, noodatiy va eksklyuziv kontent tayyorlash niyatida ekanini taʼkidladi.
Tashrif dasturi doirasida Surxondaryo viloyatining betakror tabiati va anʼanalarini o‘zida jamlagan “Boysun bahori” festivali, milliy raqs sanʼatimizni dunyoga tanituvchi “Lazgi” xalqaro festivalini yoritish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Termiz shahridagi “AIRITOM” erkin iqtisodiy zonasining logistika va investitsiyaviy salohiyati haqida maxsus kontent tayyorlash masalasi ham muzokaralar markazida bo‘ldi.
Ushbu loyiha Polsha va Yevropaning qolgan mamlakatlaridan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish hamda mamlakatimizning xalqaro imijini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
