Logo

Debretsen universiteti bilan qo‘shma taʼlim dasturlari amalga oshiriladi

Fevral 25, 2026. 12:05 • 33 soniya

11
Debretsen universiteti bilan qo‘shma taʼlim dasturlari amalga oshiriladi

BUDAPESHT, 25-fevral. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Vengriyadagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari hamda Debretsen universiteti rektori Zoltan Silvashshi o‘rtasida onlayn-muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida oliy taʼlim, ilm-fan va akademik almashinuv sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Muloqotning asosiy eʼtibori qo‘shma taʼlim dasturlarini (joint programs) amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish hamda ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sheriklik aloqalarini o‘rnatish masalalariga qaratildi.

Debretsen universiteti bilan kelishilgan yangi yo‘nalishlar oliy taʼlim va innovatsiyalar sohasidagi O‘zbekiston–Vengriya munosabatlarini sifat jihatidan boyitishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish