Yevropaning ikki mamlakatidan charter reysi orqali O‘zbekiston fuqarolari olib kelindi
Sentabr 09, 2026. 10:30 • 58 soniya
• 198
TOSHKENT, 9-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Toshkent xalqaro aeroportiga Shvetsiya va Polsha migratsiya qonunchiligini buzgan 27 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan charter reysi qo‘ndi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Vatandoshlarimizning qaytarilishi O‘zbekiston, Shvetsiya va Polshaning vakolatli idoralari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirildi.
Toshkentga kelgan yo‘lovchilarni Tashqi ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar vakillari kutib oldi. Fuqarolar vatanga qaytishga ko‘maklashgani va ko‘rsatilgan yordam uchun mamlakat rahbariyati hamda vakolatli organlarga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Ushbu chora-tadbirlar O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlarga va mezbon davlatlar qonunchiligiga rioya qilgan holda o‘z fuqarolarining xorijdagi huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan izchil siyosatini aks ettiradi.
Shu bilan birga, xorijga chiqayotgan fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish va migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi