Logo

Germaniyadan munosabat: Markaziy Osiyo bugun dunyo sahnasida yaxlit va kuchli ovozga ega bo‘lmoqda

Dekabr 23, 2025. 10:58 • 2 daq

78
Germaniyadan munosabat: Markaziy Osiyo bugun dunyo sahnasida yaxlit va kuchli ovozga ega bo‘lmoqda

BERLIN, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. Germaniyaning Hessen federal o‘lkasi davlat kanselyariyasining Yevropa masalalari va xalqaro hamkorlik departamenti sobiq rahbari Mixael Borxmann “Dunyo” AA uchun bergan intervyusida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” sammitidagi ishtiroki haqida fikrlarini bayon qildi:

– Tokioda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammiti natijalarini kuzatar ekanman, uni tom maʼnoda yorqin va muvaffaqiyatli yakunlangan tashrif, deb baholayman. Yaponiya hukumati tomonidan tashkil etilgan ushbu oliy darajadagi uchrashuv nafaqat mintaqaviy, balki global siyosatda ham muhim ahamiyatga ega.

Men ushbu jarayonda bir nechta hal qiluvchi jihatlarni alohida qayd etmoqchiman. Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari va Yaponiya o‘rtasidagi muloqot 2004 yildan beri mavjud bo‘lsa-da, bu galgi uchrashuvning ilk bor davlat rahbarlari darajasida o‘tkazilgani hamkorlik maqomining sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini anglatadi. Bu holat Markaziy Osiyoning dunyodagi eng yirik iqtisodiy kuchlar uchun naqadar jozibador va qadrli hamkorga aylanganini yana bir bor isbotladi.

Eʼtiborimni tortgan yana bir jihat – bu Markaziy Osiyoning alohida aktorlardan yagona va ahil bir “oila” sifatida shakllanishidir. Bu uyg‘unlashuv jarayoni ortida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qatʼiy irodasi va faol saʼy-harakatlari turganini alohida taʼkidlashni istardim. Aynan uning mintaqaviy siyosati tufayli Markaziy Osiyo bugun dunyo sahnasida yaxlit va kuchli ovozga ega bo‘lishga erishdi.

Sammit davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan konstruktiv takliflar diqqatimni tortdi. Xususan, sammitlarni har ikki yilda bir marta muntazam o‘tkazish, uzoq muddatli “Markaziy Osiyo – Yaponiya” hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish, transport, dekarbonizatsiya va moliya sektorlarida amaliy loyihalarni amalga oshirish tashabbuslari kelajakdagi taraqqiyot uchun muhim poydevordir.

Tashrifning ikki tomonlama aloqalar qismi ham nihoyatda samarali bo‘ldi. Prezident Mirziyoyev va Yaponiya Imperatori Naruhito o‘rtasidagi samimiy suhbat ikki xalqning do‘stligi naqadar mustahkam ekanini namoyish etdi. Bosh vazir Sanae Takaichi bilan erishilgan kelishuvlar, Yaponiyaning O‘zbekistonga kiritadigan salmoqli investitsiyalari va eng muhimi – O‘zbekiston–Yaponiya universitetining tashkil etilishi strategik sheriklikning amaliy natijasidir.

Shaxsan men uchun Tokioda O‘zbekiston madaniyati kunlarining tashkil etilishi ham ramziy maʼnoga ega. Bu siyosat va iqtisod faqat raqamlarda emas, balki xalqlarning qalbi va madaniyati orqali birlashishini ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu sammit O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi naqadar yuksak ekanini va mamlakatning tanlagan yo‘li nafaqat mintaqa, balki butun dunyo uchun foydali ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish