Logo

O‘zbekiston delegatsiyasi Londonda muzokaralar o‘tkazdi

Fevral 04, 2026. 09:15 • 44 soniya

74
O‘zbekiston delegatsiyasi Londonda muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Londonda muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Londonda muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Londonda muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Londonda muzokaralar o‘tkazdi

LONDON, 4-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari – Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Javlon Vahobov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Londonda bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo bo‘yicha partiyalararo parlament guruhi aʼzolari, Tashqi ishlar vazirligi hamda yetakchi tahlil markazlari vakillari bilan muzokara o‘tkazildi.

Tomonlar O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligining bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi formatining mazmun-mohiyatini muhokama qildi.

Uchrashuvda mintaqadagi vaziyatga, amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma va transport-logistika loyihalariga alohida eʼtibor qaratildi. O‘zbekistonning ochiq, pragmatik va ko‘p qirrali tashqi siyosati natijasida Markaziy Osiyo yaxshi qo‘shnichilik, barqaror rivojlanish va mintaqa davlatlari manfaatlarini o‘zaro hurmat qilish tamoyillariga asoslangan hamkorlik makoniga aylangani taʼkidlandi.

Tashrif yakunida Markaziy Osiyo xalqaro instituti va Xalqaro rivojlanish instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish