Logo

Kardiff universiteti O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qiladi

Yanvar 26, 2026. 09:00 • 37 soniya

279
Kardiff universiteti O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qiladi

LONDON, 26-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi Kardiff universitetining xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha masʼul xodimi Bekki Daniya bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Kardiff universiteti 1883-yilda tashkil etilgan. Ayni paytda bu yerda 33 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Muassasada 4 mingga yaqin professor-o‘qituvchi mehnat qilmoqda. Universitetda amaliy fanlar, biznes-menejment, muhandislik, sanʼat va ijtimoiy fanlar, farmatsevtika, hamshiralik ishi va sog‘liqni saqlash sohalari o‘qitiladi.

Suhbat chog‘ida universitet bilan respublikamiz oliy taʼlim muassasalari hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Britaniya tomoni Kardiff universiteti kelgusida respublika oliy taʼlim muassasalari bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi. Uchrashuv yakunida hamkorlikni yana-da faollashtirishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo AA

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish