Voronejdagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Mart 19, 2026. 10:30 • 1 daq
• 12
VORONEJ, 19-mart. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz diplomatlari Voronej viloyatida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashrif davomida diplomatik missiya vakillari Voronej viloyatidagi yirik korxonalar va qurilish kompaniyalarida bo‘lib, yurtdoshlarimizning ish joylari va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Asosiy e’tibor fuqarolarimizning bandligi va ijtimoiy ta’minoti masalalariga qaratildi.
Hamyurtlarimizga konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Xususan, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, mehnat shartnomalari shartlariga rioya qilish hamda yashash va mehnat faoliyati bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarga qat’iy amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Diplomatlar fuqarolarimizni bo‘lib turgan mamlakat qonunchiligiga qat’iy rioya etishga, turli huquqbuzarliklarning oldini olishga va shaxsiy mas’uliyatni oshirishga chaqirdi.
Elchixona va Bosh konsulxona tomonidan Rossiya hududidagi vatandoshlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ana shunday manzilli tadbirlar izchil davom ettiriladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi