Logo

O‘zbekiston diplomatlari Bishkekda tahsil olayotgan hamyurtlarimiz bilan suhbat o‘tkazdi

Mart 03, 2026. 12:31 • 1 daq

29
O‘zbekiston diplomatlari Bishkekda tahsil olayotgan hamyurtlarimiz bilan suhbat o‘tkazdi
O‘zbekiston diplomatlari Bishkekda tahsil olayotgan hamyurtlarimiz bilan suhbat o‘tkazdi
O‘zbekiston diplomatlari Bishkekda tahsil olayotgan hamyurtlarimiz bilan suhbat o‘tkazdi

BIShKYEK, 3-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Bishkekdagi “Manas” nomli Qirg‘iz–Turk hamda Ishenali Arabayeva nomidagi Qirg‘iz davlat universitetlarida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda mazkur oliy ta’lim muassasalarida bilim olayotgan o‘zbek talabalari ishtirok etdi.

Dastlab ishtirokchilarga mamlakatimizdagi “Ko‘ksaroy” qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan bilan bo‘lib o‘tgan muloqotida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shu bilan birga, buyuk shoir va mutafakkirlar Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqida ham fikr-mulohaza almashildi, ularning she’r va ruboiylaridan namunalar o‘qildi.

Yoshlarning jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, buzg‘unchi va radikal oqimlar ta’siriga tushib qolish holatlarining oldini olish, aldov va firibgarlik qurboni bo‘lib qolmaslik hamda bunday jinoyatlardan ehtiyot bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli asossiz xabarlarga ishonmaslik, faqat rasmiy axborot va mutaxassislarning tavsiyalariga tayanish lozimligi, qonunchilik bilan taqiqlangan turli saytlar kirmaslik va a’zo bo‘lmaslik to‘g‘risida tushuntirish berildi. 2021­–2026-yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi mazmun-mohiyati tanishtirildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish