Logo

Vatandoshlarimiz AQSH shtatlarida iftorlik tadbirlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazmoqda

Fevral 28, 2026. 09:10 • 2 daq

88

NYU-YORK, 28-fevral. /“Dunyo” AA/. Shu kunlarda AQSHning ko‘plab hududlarida, xususan, Filadelfiya va Nyu-York shaharlarida o‘zbek diasporasi vakillari ishtirokida qator iftorlik tadbirlari tashkil etilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu xayrli tadbirlar O‘zbekiston Prezidentining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda.

Uchrashuvlar “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida, o‘zaro ishonch va do‘stlik muhitida o‘tmoqda. Bunday tadbirlar o‘zbek diasporasi ichidagi hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Uchrashuvlarda O‘zbekistondan taklif etilgan imomlarning maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlari iftorliklarga o‘zgacha shukuh bag‘ishlamoqda.

Iftorliklar ochiq muloqot, mahalla hayotidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, o‘zaro yordamni kengaytirish va saʼy-harakatlarni birlashtirish maydoniga aylanmoqda. Og‘ir ahvolga tushib qolgan yurtdoshlarimiz va oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu ishlar tizimli ravishda va O‘zbekistonda jamoatchilik hamjihatligini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan siyosatga hamohang tarzda amalga oshirilyapti.

O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari o‘tkazilayotgan iftorlik tadbirlarida faol ishtirok etib, vatandoshlar bilan doimiy muloqotni qo‘llab-quvvatlamoqda, diaspora vakillari bilan aloqalarni yana-da rivojlantirishga ko‘maklashmoqda.

Ramazon kunlari shunga o‘xshash tadbirlar AQSHning o‘zbeklar zich yashaydigan boshqa shtatlarida, jumladan, Ogayo, Illinoys va Nyu-Jersida ham davom ettiriladi.

AQSHdagi o‘zbek hamjamiyati tomonidan o‘tkazilayotgan bunday formatdagi tadbirlar o‘zaro yordam tamoyillariga sodiqlikni izchil namoyish etib, Vatan bilan aloqalarni mustahkamlash va xalq diplomatiyasini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish