Latviyaning logistika kompaniyasida mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari holidan xabar olindi
Dekabr 14, 2025. 12:37 • 2 daq
• 126
RIGA, 15-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi tomonidan ushbu mamlakatda vaqtincha mehnat qilayotgan vatandoshlarimizning mehnat va turmush sharoitlarini o‘rganish hamda ularning huquqiy himoyasini taʼminlash maqsadida tizimli monitoring ishlari olib borilmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Jumladan, Elchixona xodimlari Riga shahrida faoliyat yurituvchi “Kriess” logistika kompaniyasida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning mehnat shartnomalari, ish vaqti va ish haqi to‘lanishi, mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi, turar-joy va tibbiy xizmat bilan taʼminlangani yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Kompaniya maʼmuriyati bilan muloqot chog‘ida O‘zbekiston fuqarolari uchun munosib mehnat sharoitlarini taʼminlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yurtdoshlarimiz bilan suhbat jarayonida konsullik xodimlari Latviya qonunchiligi, mehnat munosabatlari, vaqtincha siyosiy-huquqiy maqom, tibbiy sug‘urta va shaxsiy xavfsizlik masalalariga oid tushuntirishlar berdi. Shuningdek, zudlik bilan murojaat qilishi lozim bo‘lgan holatlarda Elchixonaga aloqaga chiqish uchun tegishli raqamlar taqdim etildi.
Uchrashuvda hamyurtlarimizni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Shuningdek, Elchixona tomonidan ko‘rsatiladigan konsullik xizmatlari borasida, xususan, vaqtincha konsullik ro‘yxatiga turish borasida batafsil maʼlumot berildi hamda Latviyada bo‘lish qoidalari tushuntirildi.
O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi yurtdoshlarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida o‘z faoliyatini izchil davom ettiradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi
Sankt-Peterburgda vatandoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha memorandum imzolandi
Halle shahrida mehnat migratsiyasi masalasida uchrashuv bo'lib o'tdi